O’zbekistonning taniqli
o’g’lonlaridan tabriklarni
qabul aylang

O’zbekistonning mashur
ayollari

Tamaraxonim

Tamaraxonim — o‘zbek raqqosasi, xonanda, aktrisa va xoreograf. U Farg‘onada tavallud topgan. O‘zining uzoq ijodiy faoliyati davomida Tamara Artyomovna Petrosyan O‘zbekistondagi ko‘plab teatrlarning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.

Batafsil

Uning konsert dasturlari juda boy bo‘lib, xonanda 86 ta tilda 500 dan ortiq qo‘shiqni, ko‘plab jahon xalqlarining raqslarini ijro etadi. Tamaraxonim g‘aroyib ifodali mimikaga ega edi, unga qo‘shilib “qo‘shiq kuylaydigan” yumshoq qo‘llarining harakatlari esa hatto eng orqa qatorlardagi tomoshabinlarni ham sehrlab qo‘yardi.

Tamaraxonim birinchilardan bo‘lib xorijga o‘zbek raqs san’atini tanitadi. 1935-yili Londonda Butunjahon xalq raqslari festivalining medaliga sazovor bo‘ladi. 2003-yilda u O‘zbekistonda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Xorijiy san’at arboblari buyuk raqqosa haqida ko‘plab iliq so‘zlarni aytgan. Xususan Mayya Plisetskaya shunday degandi: «TamaraxonimSharqning yo‘lchi yulduzi».

Tamaraxonim xaqida videoni bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Yashab o‘tgan yillari: 1906 – 1991 yy.

Berkitish

Zulfiya Isroilova

Zulfiya Isroilova — O‘zbekiston xalq shoirasi. Kichikligida uning onasi xalq qo‘shiqlarini kuylab, farzandlariga afsonalarni hikoya qilar, Zulfiya esa ularni zavq bilan tinglar edi. Shu tariqa unda adabiyotga nisbatan o‘zgacha mehr uyg‘onadi.

Подробнее

17 yoshidayoq Zulfiya do‘stlik va inson qalbi kechinmalariga bag‘ishlangan “Hayot varaqlari” deb nomlanuvchi to‘plamni kitobxonlarga taqdim etadi. Shoira yurtdoshlari, milliy an’analar va onalik haqida yozishni ham yoqtirardi. Tabiati nozik Zulfiya musiqa olamiga ham sho‘ng‘iydi, u katta qiziqish bilan o‘zbek kompozitorlarining operalariga librettolar yaratadi.

Adabiyot uning hayotiga mustahkam kirib borgandi. Zulfiya hattoki mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonga turmushga chiqadi va uning “Semurg‘” dostoni asosida ertak-pyesa yaratadi.

Zulfiyaning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham e’tirofga sazovor bo‘ldi. Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida iste’dodli shoiraning haykali o‘rnatilgan. 1999-yildan buyon esa iste’dodli qizlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti berilmoqda. Taqdirlash marosimi 8-Mart bayrami arafasida o‘tkaziladi.

Quyida shoira qalamining kuchi va jozibasini namoyon qiluvchi satrlarni taqdim etamiz:

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

Yashab o‘tgan yillari: 1915–1996 yy.

Скрыть

Oksana Chusovitina

Oksana Chusovitina – supergimnastikachi! U Buxoroda tavallud topgan. Olimpiada chempionligi, ko‘p karra jahon chempionligi – bu Oksana tomonidan qo‘lga kiritilgan sport unvonlarining kichik bir qismi xolos.

U ketma-ket yetti yozgi Olimpiadalarda qatnashgan dunyodagi yagona gimnastikachi hisoblanadi:
1) 1992 – Barselona (Ispaniya);
2) 1996 – Atlanta (AQSH);
3) 2000 – Sidney (Avstraliya);
4) 2004 – Afina (Gretsiya);
5) 2008 – Pekin (Xitoy);
6) 2012 – London (Buyuk Britaniya);
7) 2016 – Rio-de-Janeyro (Braziliya).

20 yildan ortiq vaqt ichida Oksana Chusovitina 30 dan ziyod medalni qo‘lga kiritib, 5 ta elementning muallifiga aylandi! Tayanch sakrash bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqiz karra sovrindori (1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medal). Sport sohasida bunday uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatish sport gimnastikasi olami uchun noyob hisoblanadi!

2001 yili O‘zbekistonda Oksananing tasviri tushirilgan pochta markasi chiqarildi. Oksana – homiladorlikdan keyin katta sportga qaytgan kam sonli ayollardan biri. Qolaversa, u o‘g‘li uchun mehribon va sevimli ona!

1975-yil 19-iyunda tavallud topgan.

Скрыть

Sayyora Rashidova

Sayyora Rashidova – O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbobi. U Jizzaxda tavallud topgan.

U ketma-ket uch marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlar bo‘yicha Vakili etib saylangan.

Bugungi kunda Sayyora Rashidova O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida faol qatnashmoqda, u inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forumlarda bo‘lib turadi.

E’tiborlisi shundaki, ma’lumoti bo‘yicha kimyogar bo‘lgani bois u hayotining katta qismini fanga bag‘ishladi.Sayyora Sharofovna O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi bo‘lib, 300 ta ilmiy maqola muallifi.  U o‘zining olimlik faoliyatiga alohida hayajon bilan qaraydi hamda“Olima” ayol-olimlar uyushmasiga rahbarlik qiladi.

Sayyora Sharofovna o‘z intervyularidan birida shunday degandi: «Ayollarning tabiati bilan bog‘liq murakkabliklar haqida gapirganda,  oiladagi vazifalar va ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish baribir oson emasligini tan olish kerak. Ammo men shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, agar ayol kishi o‘ziga ishonsa, kuchli iroda va g‘ayratga ega bo‘lsa,u hammasini uddalaydi. Albatta, bunda oila a’zolarining uni tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi muhim rol o‘ynaydi».

1943-yil 2-avgustda tavallud topgan.

Скрыть

Iroda To‘laganova

Iroda To‘laganova – O‘zbekistonning taniqli tennischisi.

WTA (Ayollar Tennis Assotsiatsiyasi) turnirining yetti karra g‘olibi Toshkentda tavallud topgan. Bokschi otasi qizini 9 yoshida tennis kortiga olib keladi. Bu umumiy qabul qilingan me’yorlar bo‘yicha kech bo‘lishiga qaramay, tez orada qizcha kuchli va irodali xarakterga ega ekani ma’lum bo‘ladi. Shu tariqa, bir necha yildan so‘ng u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlaydi.

1999-yili esa uni Uimbldonda misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat kutayotgandi. Iroda Katta shlemning o‘smirlar turnirida bir kishilik razryadda g‘alabani qo‘lga kiritadi. U o‘zining sportdagi faoliyati davomida 300 dan ortiq musobaqada g‘alaba qozongan va bir kishilik razryad bo‘yicha jahon reytingida 16-pozitsiyaga ko‘tarilgan.

Iroda ko‘p tillarni biladi. U rus va o‘zbek tillaridan tashqari, ingliz, nemis va xorvat tillarida erkin gaplasha oladi.

Hozir Iroda bolalar va yosh sportchilarga murabbiyliq qilmoqda, shuningdek u xayriya dasturlarida ham faol qatnashadi.

Iroda To‘laganova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvonini olgan, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan!

1982-yil 7-yanvarda tavallud topgan.

Скрыть

Muyassar Razzoqova

Muyassar Razzoqova – O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol opera xonandasi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Beruniy shahrida tavallud topgan bo‘lib, 25 yildan ortiq vaqt mobaynida A.Navoiy nomidagi DAKT sahnasidan turib dillarimizni bahramand qiladi.

Muyassar opa o‘zining betakror ovozi va opera ijrosi madaniyati bilan nafaqat o‘zbekistonliklarning, balki xorijlik tinglovchilarning ham muhabbatini qozongan. U Italiya, Vengriya va Latviyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarning laureati. Xonandaning repertuaridan italyan, nemis, fransuz, rus va o‘zbek tillaridagi partiyalar keng o‘rin olgan.

Bugungi kunda Muyassar opa Davlat konservatoriyasida yoshlarni tarbiyalashga o‘zini butkul bag‘ishlagan. U yosh va iste’dodli ijrochilarga o‘zi to‘plagan tajriba va bilimini bermoqda.

Shu bilan birga, mashhur xonanda shunchaki dilbar va maftunkor ayol bo‘lib, bizga iste’dodli va mehnatsevar inson qanday qilib jahon miqyosida e’tirofga sazovor bo‘lishi mumkinligiga yaqqol namuna bo‘lib kelmoqda.

O‘z intervyularidan birida Muyassar Razzoqova shunday degandi:   «O‘sish, rivojlanishga bo‘lgan intilish kishining qalbida bo‘lishi kerak. Shuning uchun yoshlarga vaqtni bekor o‘tkazmasdan, o‘zi ustida ishlashni maslahat berardim».

Muyassar Razzoqovaning kontsertini bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

1964-yil 29-fevralda tavallud topgan.

Скрыть

Bernara Qoriyeva

Bernara Qoriyeva — O‘zbekiston xalq artisti. Mashhur balet ustasi va xoreograf Toshkentda teatr ijodkorlari oilasida tavallud topgan. U 5 yoshga kirganida otasi ilk bor uni sahnaga qadam qo‘yishiga ko‘maklashadi. Jajji Bernara sahnada polaponni ijro etadi.

1955-yildan u Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatri sahnasida ijod qilishni boshlaydi. Prima-balerina sifatida u eng murakkab spektakllarda rol ijo etardi. Keyinchalik teatrning ijodiy rahbari hamda direktori bo‘lgan.

Bernara Qoriyeva uzoq ijodiy faoliyati bilan maqtansa arziydi. Xususan, u 60 yoshida xalqaro festivalda bir kechada 18 ta baletdan sahnalar ijro etib bergan.

Hozirda balerina ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda, “Bernara Qoriyeva uslubi va raqsi” raqs maktabiga rahbarlik qiladi. Maktabda yoshidan qat’i nazar barcha xohlovchilar o‘qishi mumkin.

Buyuk o‘zbek balerinasi hozirga qadar nozik va nafosatli ayol sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, Bernora Qoriyeva o‘z vaqtida “Europe Publications” – “Kim aslida kim – ayollar haqida” Butunjahon ma’lumot nashrining (London) ro‘yxatiga kirgan. Ushbu nashrni tayyorlashda dunyoda tan olingan 5500 ta ayollar nomzodi ko‘rib chiqilgan va ularning ayrimlarigina, shu jumladan vatandoshimiz nashrga kiritishga munosib, deb topilgan.

“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

1936-yil 28-yanvarda tavallud topgan.

Скрыть

Galina Melnikova

Galina Melnikova shifokorlikka o‘qigan bo‘lsa-da, taqdir taqozosi bilan o‘zbek televideniyesiga u endigina shakllanayotgan paytda kelib qolgan. Uning suhandonlik faoliyati 1956-yil 26-dekabrda boshlangan bo‘lib, 60 yildan ortiq vaqt mobaynida davom etib kelmoqda. U jonli efirda “Axborot” ko‘rsatuvini olib borgan, ko‘plab ommabop ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilgan.

Buyuk kompozitor Dmitriy Shostakovich, prima-balerina Mayya Plisetskaya, taniqli operachi Galina Vishnevskaya, xonanda va xoreograf Tamaraxonim hamda O‘zbekiston yozuvchilari va shoirlaridan intervyu olishni aynan unga ishonib topshirishgan.

Uni munosib ravishda bejirim ko‘rkamlik namunasi deyishgan, onalarimiz va buvilarimiz sartaroshlardan “Melnikovanikiday” turmakni so‘rashgan. U xalq muhabbatiga va hurmatiga sazovor bo‘lgan inson.

O‘zining televideniedagi voqealarga boy faoliyati davomida Galina Melnikova ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, ularning qatorida:

– O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;
– «Do‘stlik» ordeni;
– «Pushkin medali».

2016-yil 23-dekabr, ya’ni o‘zining 80 yilligida u “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” nomiga sazovor bo‘ldi.

Hozir Galina Melnikova televideniye uchun suhandonlarni tayyorlashga yordam bermoqda. U oldingiday bejirimlik va nafosat namunasidir. Tomoshabinlarning muhabbatini o‘zining eng katta boyligi deb biladi. Suhandonning e’tirof etishicha, faqat ular tufayligina o‘zini qalban yosh his qiladi.

1936-yil 23-dekabrda tavallud topgan.

Скрыть

Mohlaroyim Nodirabegim

Mohlaroyim Nodirabegim — taniqli shoira, ma’rifatchi va davlat arbobi. U xonlar oilasida tavallud topgan. Otasi Rahmonqulbek Andijon hukmdori bo‘lib, qiziga munosib ta’lim bergan.

Qo‘qon xonligi hukmdori Umarxonning jufti haloli bo‘lgan Nodirabegim ijtimoiy va madaniy hayotda faol ishtirok etadi, ilm va adabiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Shoira ta’limga alohida e’tibor qaratib, madrasalar soni oshishiga ko‘maklashadi.

Nodirabegim turli she’riyat janrlarida ijod qiladi, chunki u Uvaysiyning shogirdi edi. Ular birgalikda xalqning sevimli shoiralariga aylandi. Mohlaroyim Nodirabegim ma’naviy go‘zalligi, chuqur tafakkuri va sadoqati bilan ajralib turgan.

1992-yilda O‘zbekistonda uning tasviri tushirilgan pochta markasi chiqarildi.  Uning sharafiga Venera sayyorasidagi kraterga Nodira nomi berilgan.

Quyida shoiraning go‘zal ijodidan namuna:

«Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,

Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan muhabbat ixtiyor et».

Yashab o‘tgan yillari: 1792 –1842 yy.

Скрыть

Tursunoy Sodiqova

Tursunoy Sodiqova — shoira, olima-pedagog, adabiyotshunos, jamoat arbobi, notiq, yoshlarni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlash, ayollar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yuzlab maqolalar va o‘nlab kitoblar muallifi. Andijonda tavallud topgan.

Uzoq yillar davomida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan, madaniy-ma’rifiy sohada ishlagan, ayollar tashkilotlariga rahbarlik qilgan. Mustaqillikning ilk yillarida xomilador ayollar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda jonbozlik ko‘rsatgan. Tuman ma‘naviyat bo‘limlarini tashkil etish, ma’naviyatni fan sifatida o‘qitilish masalalarini o‘rtaga tashlagan insonlardan.

Ilmiy, adabiy, falsafiy asarlar muallifi. Uning radio, televidenie, bosma OAV orqali chiqishlari minglab yurtdoshlarimizni e’tiboriga tushgan. Tursunoy Sodiqova nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni mamlakatlarda ham doimiy tarzda ijodiy chiqishlar va uchrashuvlar o‘tkazib turgan.

O‘zbekistonda Tursunoy Sodiqovani munosib ravishda ayollarning ma‘naviy ustozi, deb atashgan.

Ma’naviy-ma’rifiy hayotga qo‘shgan ulkan hissasi uchun u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan. “Shuhrat” medali sovrindori.

Yashab o‘tgan yillari: 1944 – 2017 yy.

Скрыть